
Amaldagi chempionning fikricha, saralash bosqichi o'tayotgan vaqtda u jarohatidan to'liq tuzalib olishga ulguradi.
"Abu-Dabi turniridagi janglardan keyingi fikrlarim shunday, — deb yozdi Ulberg UFC Fight Night 282 turniridan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda (u turnirni tomoshabin sifatida kuzatgan). — Ankalaev va Irji Proxazka. Ularga to'liq tayyorgarlik ko'rish uchun imkoniyat bering. Bizning divizionimiz bu jangka loyiq, jangchilarning uslubi tufayli esa bu muxlislar uchun juda qiziqarli bo'ladi. Kosta va Rauntri. Bu oldindan aytib bo'lmaydigan jang — yo hammasi, yo hech narsa. Bu janglardan kimdir katta ko'tarilish bilan chiqadi. O'sha vaqtga kelib men ham tayyor bo'laman. 2027 yilda ko'rishguncha!".
Eslatib o'tamiz, Magomed Ankalaev chempionlik kamarini yo'qotganidan keyingi ilk jangida Bogdan Guskovni mag'lub etdi. U o'zining navbatdagi raqibi sifatida UFC`ning o'rta vazn toifasidagi sobiq davogari Paulo Kostani tilga oldi.
Karlos Ulbergga kelsak, u joriy yilning aprel oyida Irji Proxazkani mag'lub etib, UFC`ning yarim og'ir vazn toifasidagi vakant kamarini qo'lga kiritgan edi. Biroq, aynan o'sha jangda Ulberg tizzasidan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi.

Karlos Ulberg yarim og'ir vazn toifasi uchun saralash turniri o'tkazishni taklif qildi
Maxachev - Garri bilan jangiga tayyorgarlik haqida: "Juda ko'p yugurishga to'g'ri kelyapti"