
Aniqroq aytsak, maoshi o'z vaqtida to'lanmagan himoyachi klub bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qilib, o'z yurtiga qaytib ketgan.
Ortda qolgan davr mobaynida "Surxon" mutasaddilari OAV tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan bo'lishiga qaramay, bu mojaroga yakuniy nuqta qo'yilgani yo'q.
Championat.asia'ga malum bo'lishicha, serbiyalik futbolchi vanihoyat "Surxon" jamoasi ustidan rasman FIFAga arz qildi. Agar Termiz klubi rahbariyati bu masala echimini paysalga solishda davom etsa, jamoaga transfer taqiqi qo'yiladi.
Eslatib o'tamiz, ushbu scenariy 2020 yilgi mavsumda ham sodir bo'lgan. Yakunda tomonlar kelishuvga erishishgan edi.
Top yarim engil vaznlilar UFC Fight Night 269 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi + POSTER
"U hatto yaxshi orzu qilishni ham bilmaydi". Topuriya - Maxachevning uni mag'lub etishi haqida