
Qarshi shahridagi stadionlarda respublikamizdagi akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari futbol bo'yicha eng kuchli hudud nomiga aniqlik kiritish maqsadida to'p surishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, Jizzax viloyati terma jamoasi futbolchi-yoshlari respublikada tengsiz ekanliklarini namoyish etishdi va musobaqaning oltin medallariga ega chiqishdi.
Faqatgina Jizzax viloyatiga qarshi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ygan surxondaryolik futbolchilarga musobaqaning ikkinchi pog'onasidan joy olish nasib etgan bo'lsa, 3-o'rin bilan Xorazm viloyati terma jamoasi taqdirlandi.
G'olib va sovrindorlarga musobaqa tashkiliy qo'mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari ham topshirildi.




Maddalena Pratesga qarshi! UFC Australia turniri ishtirokchilari vazn o'lchash marosimidan o'tishdi
Merab Dvalishvili Pyotr Yanga qarshi uchinchi jangni qachon o'tkazmoqchi ekanini aytdi
Xamzat CHimaev Xabibning ashaddiy raqibi uni MMA jangchisi bo'lishga ilhomlantirganini aytdi