
"Umuman, qanday rejalar bor? Faoliyatning rivojlanishi. Ehtimol, mening hayolimda faqat bitta istak bordir, aslida esa hammasi butunlay boshqacha bo'ladi. Albatta, faoliyatimning turli bosqichlari bor. Bu, albatta, trilogiya, ha, Beterbiev bilan. Bu yangi vazn toifasida o'zingizni sinab ko'rish. Bilmadim, balki pastga tusharman, balki yuqoriga ko'tarilarman. Ehtimol, yuqoriga ko'tarilish bugungi kunda ko'proq real [voqealar rivoji] bo'lsa kerak. Yana Benavides ham bor. Yani, bularning barchasi qaerga olib borishini bilmayman, chunki bundan to'rt hafta oldin, bir oy oldin, to'g'risini aytsam, Ekaterinburgda jang o'tkazishimni tasavvur ham qila olmasdim. Hamma narsa shunchalik o'zgarmoqda, shuning uchun nima bo'lishini ko'ramiz", - dedi Bivol RCC: MMA & Boxing YouTube kanaliga bergan intervyusida.
