SportUz.Tv

SHavkat Rahmonovning oktagonga qaytishi haqida xabar berildi

01.05.2026 15:09    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik MMA jangchisi SHavkat Rahmonov 2024 yilning dekabridan beri jarohati sabab jang o'tkazmayapti.

Surxondaryoda dunyoga kelgan Rahmonov uzoq muddat janglardan chetda qolishi natijasida UFC reytingidan chiqarilgan edi. SHavkatning o'zi shu yil oxiriga kelib jarohatdan forig' bo'lib, UFC`ga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda MMAJunkie xabar bermoqda.

Manba malumotlariga ko'ra, 31 yoshli yarim o'rta vazn toifasi vakili tizzasidan olgan jarohati va jarrohlik amaliyotidan so'ng uzoq muddatli reabilitaciya kursini davom ettirmoqda. Rahmonov so'nggi jangini 2024 yil dekabr oyida o'tkazgandi. 

Katta tanaffusga qaramay, qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi allaqachon mashg'ulotlarni boshlagan - aprel oyida u yuklamalar, jumladan oyoqlar ishi aks etgan videoni elon qildi.

Malumot uchun, SHavkat Rahmonov 19-0 rekordi bilan mag'lubiyatsiz qolmoqda. Hisobida muddatidan avval qo'lga kiritilgan 18 ta g'alaba bor. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: