
Alvares kuzda ikkinchi o'rta vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun jang qiladi. Uning raqibi franciyalik Kristian Mbilli bo'ladi. Bu haqda The Ring nashri hamda jurnalist Mayk Koppinger ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar bermoqda.
Manbalarga ko'ra, ushbu jangning sentyabr oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Alvares uchun bu 2025 yil sentyabr oyida mutlaq jahon chempioni maqomi uchun jangda Terens Kroufordga imkoniyatni boy berganidan keyingi birinchi jang bo'ladi. Meksikalik bokschi hisobida 63 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 2 ta durang bor.
Mbilli esa bo'lajak jangga mag'lubiyatsiz kelmoqda: uning hisobida 29 g'alaba va bitta durang bor.
