
Vanihoyat, rimliklar ustozi Joze Mourinyu Eldor SHomurodovni ilk daqiqalardan maydonga tushirishga qaror qildi va u 76-daqiqda almashtirildi. O'zbekistonlik klub safida 29 uchrashuvdan beri birinchi marotaba asosiy tarkibga kiritildi. Bungacha u 18 bahsda zaxiradan o'yinga qo'shilgan, 11 tasida esa qaydnomadan joy olib, uchrashuvga tushmagandi.
26 yoshli hujumchi A Seriya 2021/22 yilgi mavsumida 28 bahsda qatnashib, 3 ta gol urdi va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirdi. SHuningdek, Eldor ikki bor sariq kartochka ham oldi. U o'tgan mavsum “Jenoa” safida 31 uchrashuvda 8+1 natija ko'rsatgandi.
Eslatib o'tamiz, rimliklarni oldinda Konferenciyalar Ligasi finali doirasida 25 may kuni "Feyenoord"ga mavsumdagi hal qiluvchi bahs kutmoqda.

UFC Fight Night 280. Nursulton Ro'ziboev rus raqibi bilan bir xil vazn qayd etdi (To'liq natijalar)