SportUz.Tv

Marsyal Sulsherni ham tanqid qildi

11.09.2022 11:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" futbolchisi Antoni Marsyal jamoaning sobiq ustozi Ole-Gunnar Sulsherni tanqid qildi.

"Jarohatlangan holimda doimiy o'ynaganman. Koronavirus bo'lganimdan keyin 4 oy davomida katta tezlik ololmadim. Murabbiy esa men unga kerakligimni, shuning uchun ham o'ynashimni aytgandi. Ammo mening holatimda, tezlasha olmayotganimni bilib u holatimni og'irlashtirardi. Muxlislar meni ko'p tanqid qilishni boshlashdi, murabbiy esa matbuotda mening jarohatim haqida indamasdi.

Albatta, yakunda jarohat oldim, buni davolab qaytganimdan keyin esa boshqa o'ynaganim yo'q. Buni juda yomon qabul qildim va mening manzilim tomon adolatsizlik bo'lgan deb hisobladim: jamoaning manfaati yo'lida bir futbolchini qurbon qilish.

Men uchun bu xoinlikka teng bo'ldi. Bunday holatlar menga yoqmaydi. Meni ham ayblash mumkin, biroq yolg'on gapirmadim", - dedi hujumchi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: