
Kelishuv yanvar oyida amalga oshishi mumkin.
"Arsenal" "Yuventus"ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. London klubi yarim himoyachi Fabio Miretti va hujumchi Dushan Vlaxovichni sotib olishga tayyor.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, kelishuv 115 million evroni tashkil qilishi mumkin.
A Seriyaning joriy mavsumida 22 yoshli Vlaxovich "Yuventus" tarkibida 6 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan, 19 yoshli Miretti esa 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Xabib Nurmagomedov JCH–2026ning ramziy terma jamoasini tuzdi. Unda Messi va Ronaldu yo'q
Qozog'istonlik Jahon chempioni Janibek Alimxanuli boshqa vaznga o'tayotganini elon qildi