
Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.
"Uchrashuv yakunlanib, hakamlar brigadasi kiyinish xonasida bo'lgan paytda "Barselona" prezidenti Joan Laporta xonaga kirib, o'yin davomidagi ayrim vaziyatlarga oydinlik kiritishni qayta-qayta so'radi. SHu munosabat bilan undan hakamlar xonasidan ketishi so'raldi, boshqa hech qanday hodisa sodir bo'lmadi", – deyiladi referi Xose Mariya Sanches Martines hisobotida.
Manbaga ko'ra, Laporta 75-daqiqada hujumchi Robert Levandovski yiqilganidan so'ng penalti belgilanmagani, shuningdek, 90-daqiqada Erik Garsiya Rodrigoga nisbatan qo'pollik ishlatilgach, 11 metrlik qoidabuzarlik tufayli penalti belgilanganidan norozi bo'lgan.
"Barselona" 9 o'yinda 22 ochko to'plab, ikkinchi o'rinda bormoqda, kataloniyaliklar La Liganing joriy mavsumida ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishdi.
"Keyingi safar o'zim kabi bo'laman". Dvalishvili Yanga qarshi revanshdagi xatosini aytdi
Iliya Topuriya nega ijtimoiy tarmoqlarda MMA rekordini o'zgartirib ko'rsatishini tushuntirdi