SportUz.Tv

Mirazizbek Mirzaxalilov ishtirokidagi turnir nomalum muddatga qoldirildi

30.04.2026 13:30    


Rasmni yuklab olish

4 may kuni Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahridagi "KSK Arena" majmuasida IBA.Pro: CHempionlar oqshomi o'tkazilishi kerak edi.

Oqshomning asosiy kardida tajribali charm qo'lqop ustamiz Miraziz Mirzaxalilov (4-0, 3 KO) rossiyalik jahon chempioni Vsevolod SHumkovga qarshi (3-0, 1 KO) ringga chiqishi kerak edi. Bu ikki bokschining IBA.Pro turnirlar seriyasidagi o'zaro ikkinchi jangi bo'lishi kutilgandi.

2024 yilning sentyabr oyida Ozarbayjonning Boku shahrida o'tkazilgan dastlabki jangda SHumkov hakamlarning bahsli qarorlari evaziga Mirzaxalilovdan ustun kelgandi.  

Biroq tashkilotchilarning malum qilishicha, musobaqa nomalum sabablarga ko'ra qoldirilgan. Turnirning yangi sanasi haqida esa keyinroq xabar berilishi aytilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: