SportUz.Tv

Ana xolos! Octagon 86 markaziy jangi yana o'zgardi. Endi Saturnni asosiy jangda ko'ramiz!

30.04.2026 10:00    


Rasmni yuklab olish

Ertaga Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 86 turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning asosiy jangi hamyurtimiz Asadbek Saidov va engil vazn chempioni, qozog'istonlik Sayat Abduali o'rtasida kechishii kerak edi, biroq Saidovning jarohat olishi natijasida jang bekor bo'lgandi.

SHundan so'ng, Liga o'zbekistonlik Odilxon Kamolov va Tojikiston vakili Kamil Karate o'rtasidagi trilogiya bahsini markaziy jang sifatida belgiladi. Ammo Odilxonning qo'li singani va buning natijasida turnirda qatnasha olmasligi malum bo'ldi. Keyin kechaning asosiy jangi boshqa bir yurtdoshimiz — Bobur Abdulazizov va qozog'istonlik Tazabek Bayanov o'rtasida kechishi haqida xabar berildi.

Ammo Octagon League turnirning asosiy bellashuvi yana o'zgarganini malum qilindi. Endi main event'da o'zbekistonlik pop-MMA jangchisi Og'abek "Saturn" Abdumo'minov tojikistonlik Qamariddin "Kamil Karate" Hasanov bilan to'qnash keladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: