SportUz.Tv

Hamyurtimizni mag'lub etgan qirg'izistonlik Octagon League sobiq chempionining UFC'dagi ilk raqibi malum

30.04.2026 14:12    


Rasmni yuklab olish

Avval xabar berganimizdek, yarim engil vazn toifasida qirg'izistonlik MMA jangchisi Murtazali Magomedov (10:0) faoliyatini UFC'da davom ettiradi.

26 yoshli Magomedov 2025 yil Dana Uayt Davogarlar seriyasida meksikalik Braxin Zurxer (9:1) ustidan muddatidan avval g'alaba qozonib, UFC'dan shartnoma yutib olgandi.

Malum bo'lishicha, Murtazalining Ligadagi ilk jangi 21 iyun kuni UFC Vegas 119 turniri doirasida armanistonlik Melsik Bagdasaryanga qarshi bo'lib o'tadi.

Takidlash joiz, qirg'izistonlik Murtazali Magomedov 2024 yili hamyurtimiz Sardor Xudoyberdievni mag'lub etib, Octagon League chempioni bo'lgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: