
U 9 may kuni Buyuk Britaniya poytaxti Londonda tashkil etiladigan yirik prof boks oqshomida ringga ko'tariladi. Malum bo'lishicha, Jalolov o'sha kuni xorvatiyalik Agron Smakichi bilan bahs olib boradi.
Aslida, Bahodir va Agron 2024 yilda IBA.Pro turnirida jang qilishlari kerak edi, biroq mazkur turnirda Jalolovning o'rniga boshqa bir hamyurtimiz — Jahongir Zokirov ringga chiqib, Smakichi ustidan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Malumot uchun, uchun 9 may kungi boks oqshomida boshqa bir hamyurtimiz Javohir Ummataliev ham ringga ko'tariladi. Markaziy jangda esa Daniel Dyubua va Fabio Uordli o'zaro to'qnash keladi.