SportUz.Tv

"SHerif" murabbiysiz qoldi. Hammasiga MYU aybdor

27.10.2022 17:25    


Rasmni yuklab olish

Evropa Ligasi doirasidagi "SHerif" – "Manchester Yunayted" uchrashuviga bir kun qolganda Moldova klubi murabbiysiz qoldi.

To'rt oy oldin klub boshqaruviga kelgan Stepan Tomas Manchesterga uchishidan bir necha soat oldin istefoga chiqishini malum qildi.

Bunga "Yunayted"ga qarshi o'yin sabab bo'lgan ko'rinadi. "SHerif" mavsumda ilk bor Moldova chempionatida "Petrokub"ga 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi va Tomas shunday dedi: "Aftidan, futbolchilar Manchesterdagi o'yin haqida o'ylashgan. Diqqat-etibor jamlanmagandi – bu mening xatom".

Qizig'i, "SHerif" "Petrokub"dan olti ochkoga ilgarilab ketgan holda chempionatdagi peshqadamlikni davom ettirmoqda.

"Old Trafford"dagi o'yinda klubni kim boshqarishi hozircha aniq emas.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: