SportUz.Tv

Messi PSJ yoki "Barsa"dan birini tanlashi lozim. Unga uchinchi davogar ham qo'shildi

19.11.2022 10:46    


Rasmni yuklab olish

Messining PSJdagi kelajagi nomalumligicha qolmoqda.

Argentinalik futbolchi PSJ bilan yana bir yirik shartnomaga imzo chekish yoki "Barselona"ga qaytish haqida o'ylamoqda. 

Biroq, hozirda Messi oldida uchinchi variant ham paydo bo'lgan. Gap "Manchester Siti" haqida ketmoqda. "Siti"dagilar keyingi mavsumda Xoland, de Bryuyne va Messi Gvardiola boshchiligida birgalikda o'ynashlarini istamoqda. 

Messi hozirda bor etiborini jahon chempionatiga qaratgan. Musobaqa yakunlari uning qarorida muhim rol o'ynashi mumkin. U g'alaba qozona olsa, "Barselona"ga qaytadi. Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, yangi motivaciya izlab Manchesterga yo'l olishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: