SportUz.Tv

Ispaniya terma jamoasi yangi bosh murabbiy tayinlandi

08.12.2022 19:23    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya futbol federaciyasi Luis de la Fuente Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini elon qildi.

Avvalroq de la Fuente Ispaniyaning o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan. Mutaxassis asosiy jamoadagi faoliyatini Qatardagi Jahon chempionatidan keyin boshlaydi. Luis de la Fuente ushbu lavozimda milliy terma jamoa JCH-2022 1/8 finalida to'xtaganidan so'ng ishdan bo'shatilgan Luis Enrike o'rnini egalladi.

de la Fuente boshchiligida Ispaniya terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasining kumush medali sohibiga aylangan. Yangi murabbiy mart oyida Evropa chempionati saralashi doirasidagi Norvegiya va SHotlandiyaga qarshi o'yinlarda debyut qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: