
Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi 2027 yilning yozida oktagonga qaytishi mumkinligiga ishora qildi.
"Avlodlar jangi bo'lishi kerak bo'lgan narsa endi bekor qilinmoqda. IFW 2027. Oxirgi raqs", — deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Konor IFW deganida UFC`ning har yili iyul oyida ananaviy tarzda o'tkaziladigan "International Fight Week" (Xalqaro jang haftaligi) tadbirini nazarda tutgan. Aynan shu tadbir doirasida Makgregor shu yil 11 iyul kuni Maks Xollueyga qarshi revansh jangini o'tkazgan edi. Jang irlandiyalikning sakrab tepgan zarbasidan so'ng noqulay yiqilgani va o'ng tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lam hamda meniskini uzib olgani sababli atigi 69-soniyada yakuniga etgan edi.

Bogdan Guskov Ankalaevdan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Hech narsadan afsuslanmayman"
Ankalaev tanqidlarga munosabat bildirdi: "Jangning zerikarli o'tishi menga bog'liq emasdi"
Karlos Ulberg yarim og'ir vazn toifasi uchun saralash turniri o'tkazishni taklif qildi