SportUz.Tv

Islam Maxachev Gerri bilan jang haqida: "Hisobimiz 2-0, endi 3-0 bo'ladi"

28.07.2026 11:24    


Rasmni yuklab olish

UFC yarim o'rta vazn toifasi (77 kg gacha) chempioni Islam Maxachev irlandiyalik Ien Gerriga qarshi bo'lajak jangi haqida yana bir bor fikr bildirdi.

Ko'pchilik bu qarama-qarshilikni Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi raqobatga qiyoslamoqda.

"Bu shunchaki oddiy raqib, mamlakatlar o'rtasida hech qanday nizo yo'q, lekin baribir kichik "urush" bo'ladi. Hisobimiz hozircha 2-0, tez orada 3-0 bo'ladi", — dedi Maxachev MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.

Islam Maxachev 34 yoshda. Dog'istonlik sportchi jangovar sambo bo'yicha Rossiya va jahon chempioni bo'lgan, 2010 yildan buyon MMA qoidalari bo'yicha chiqish qiladi. UFC`dagi debyutini 2015 yilda o'tkazgan. 2022 yilda tashkilotning engil vazn (70 kg gacha) toifasida chempion bo'lgan va to'rt marta chempionlik kamarini himoya qilgan, 2025 yilda esa yarim o'rta vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: