SportUz.Tv

"Manchester Yunayted" Moratani ijaraga olmoqchi

29.12.2022 16:23    


Rasmni yuklab olish

MYU Ispaniya terma jamoasi hujumchisini qo'lga kiritish istagida.

Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilgan va Kodi Gakpo transferini amalga oshira olmagan "Manchester Yunayted" hujumni kuchaytirish imkoniyatlarini izlashda davom etmoqda. ESPN xabariga ko'ra, "qizil iblislar" Alvaro Morataning ijarasi bo'yicha Madridning "Atletiko"siga murojaat qilmoqchi.

Malumki, "Manchester Yunayted" qishki transfer oynasi uchun eng cheklangan byudjetga ega, shuning uchun klub Ispaniya terma jamoasi hujumchisini to'liq sotib olmaydi. Boshqa tomondan, "Atletiko" CHempionlar Ligasidan muddatidan oldin chiqib ketganidan keyin pulga muhtoj va madridliklarni ijara varianti qoniqtirmasligi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: