SportUz.Tv

O'zbekistonlik 30 hakam FIFA ro'yxatidan joy oldi

05.01.2023 11:46    


Rasmni yuklab olish

FIFA tomonidan 2023-yil uchun xalqaro maydonlarda ishlaydigan hakamlar, yordamchi hakamlar, VAR hakamlari, futzal va sohil futboli hakamlari ro'yxati elon qilindi.

Unga ko'ra, mamlakatimizdan umumiy 30 nafar hakam ushbu ro'yxatdan o'rin olishgan.

Etiborli tomoni, 2023 yilda FIFA hakamlarimiz qatorida yangi nomlarni uchratish mumkin. So'nggi mavsumlarni muvaffaqiyatli o'tkazib kelayotgan Rahimbek Karimov, shuningdek, yordamchi hakamlardan Avazbek Abdullaev va Zufar Eliboev, futzal bo'yicha Oybek Kallaxo'jaev, sohil futbolida Naim Qosimov kabi nomlarga ko'zingiz tushadi. Bundan tashqari, Rahimbek Karimov va Abdurashid Xudoyberganov VAR hakamlari sifatida ro'yxatdan o'rin olishgan.

O'zbekiston futbolida ayol hakamlarga qaratilayotgan etibor o'z samarasini bermoqda. Joriy yildan boshlab Roziyabonu Yusupova xalqaro maydonlarda ayollar futboli bosh hakami sifatida ishlashi mumkin bo'ladi. SHuningdek, Aleksandra Konchikova FIFA ayollar futzal hakami sifatida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'ldi.


FIFA hakamlarimizning umumiy ro'yxati:

Bosh hakamlar

Rahimbek Karimov, Rustam Lutfullin, Edita Mirabidova, Asker Najafaliev, Firdavs Norsafarov, Ahrol Risqullaev, Akobir SHukrullaev, Ilgiz Tantashev, Roziyabonu Yusupova.


Yordamchi hakamlar

Avazbek Abdullaev, Zufar Eliboev, Timur Gaynullin, Zilola Rahmatova, Ruslan Serazitdinov, Kristina Sereda, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Sanjar SHoyusupov, Aleksandr Sidorov, Andrey Capenko, Alisher Usmanov.


VAR hakamlari

Aziz Asimov, Rahimbek Karimov, Firdavs Norsafarov, Abdurashid Xudoyberganov.


Futzal hakamlari

Nikita Afinogenov, Askarbay Arzibekov, Oybek Kalaxojaev, Aleksandra Konchikova, Anatoliy Rubakov.


Sohil futboli hakami

Naim Qosimov



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: