SportUz.Tv

"Manchester Siti" ketma-ket to'rtta o'yinda "CHelsi"ni mag'lub etdi

06.01.2023 09:00    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" APLning 19-turida "CHelsi"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

"SHaharliklar" "CHelsi"ni ketma-ket to'rtta o'yinda quruq hisobda mag'lub etgan ikkinchi jamoa bo'lishdi. Bungacha 1958 - 1960 yillarda "Bolton" gol o'tkazmay turib, "CHelsi"ni to'rtta o'yinda mag'lub etgan ekan. 

"Manchester Siti" bungacha Angliya liga kubogida 2:0, APLda esa ikki martadan 1:0 hisoblarida "CHelsi"ni mag'lubiyatga uchratgandi. 

Jamoalar 8 yanvar kuni Angliya kubogining 3-raundida yana o'zaro o'yin o'tkazishadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: