SportUz.Tv
iks
ads

Xavi Krishtianu Ronalduning Saudiyaning "Al Nassr" klubiga o'tganiga munosabat bildirdi

12.01.2023 13:46    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi hujumchi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonidan "Al Nassr" klubiga o'tgani haqida fikr bildirdi.

"Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining eng yaxshi klublaridan biri bilan shartnoma imzoladi, ammo bu ham bir chaqiriq sanaladi. Bu ligada to'p tepish juda qiyin. “Al Sadd”ni boshqargan kezlarimda, Saudiyaning bir qancha jamoalariga qarshi bellashganmiz.

Saudiya Arabistoni ligasi juda raqobatbardosh, ammo Krishtianu Ronaldu ham raqobatbardosh futbolchi. Ishonchim komilki, u yangi jamoasida muvaffaqiyat qozonadi", — dedi Xavi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Al Nassr"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tib, 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: