
Lionelning otasi Xorxe Messi allaqachon Saudiya Arabistonida va "Al Hilol" bilan muzokaralarni boshlagan, deb xabar berdi "Daily Mail". Lionel Messi PSJda qolib, 2023 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi edi.
Biroq "Al Hilol" taklif qilayotgan shartlar Leoning etiborini tortishi mumkin. Axir, gap yiliga 300 million evroni tashkil etadigan maosh haqida ketmoqda. Saudiya Arabistoni davlatining o'zi ulug'vor bitimni moliyalashtirishga tayyor. Bu mamlakat Messi va Ronaldu o'rtasidagi qarama-qarshilikni qayta tiklash uchun bunday mablag'ni sarflashga qodir. Negaki, Krishtianu allaqachon Ar-Riyodning "Al Nassr" klubi futbolchisi.
SHuningdek, Saudiya Arabistoni JCH-2030 mezbonligi uchun davogarlik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha "Al Hilol" Messini sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar chop etildi.
UFC Fight Night 280. Nursulton Ro'ziboev rus raqibi bilan bir xil vazn qayd etdi (To'liq natijalar)