SportUz.Tv

"Bunyodkor" Abu-Dabidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvda mag'lub bo'ldi

17.01.2023 07:46    


Rasmni yuklab olish

Kecha "qaldirg'ochlar" BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilayotgan yig'inlari doirasidagi ilk o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi.

Toshkentliklarning raqibi BAAning "Al Vahda" jamoasi bo'ldi. O'yin taqdirini yagona gol hal qildi. "Al Vahda"ning argentinalik yarim himoyachisi Fokundo Kruzskiy zaxiradan maydonga tushib, 67-daqiqada mezbonlarga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. 

Nazorat uchrashuvi

"AL VAHDA" (BAA) - "BUNYODKOR" 1:0

"Al Vahda": Muhammad Al SHamsi, Lukas Peminta, Faris Juma, Abdulloh Al Xarbi, Rubin Filipp, Allan, Abdulloh Hamad, Adrian Silva, Tahnoon Al Zaabi, Xuan Luka, Pedro.

"Bunyodkor": Suhrob Sultonov (Muhammad Yusuf Sobirov), Muzaffar Olimjonov (Farhod O'tkirov; Umid Sultonov), Avazbek O'lmasaliev (Abdulloh Omonaliev), Jasur Yoqubov (Muhammadodil Qahramonov), Davron Ergashev (Aleksandr Zevadinov), Diyor Jaloliddinov (Narimon Ahmadjonov), Akbar  Ismatullaev (Aziz To'lqinbekov; Muhammadayyub Omonov), Suhrob Izzatov (Muhammad Safo Fozilov), Rasul Yo'ldoshov (Ollobergan Karimov; Bilol Tupliev), Igor Ivanovich (SHerzod Mirzajonov), Jasur Hakimov (Usmonali Ismonaliev).

Gol: Fokundo Kruzskiy, 67 - 1:0.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: