SportUz.Tv

Keyn “Tottenxem”dagi tarixiy rekordni takrorladi

24.01.2023 09:46    


Rasmni yuklab olish

Angliya chempionati 21-turi doirasidagi oxirgi uchrashuvda “Tottenxem” Xarri Keynning yagona goli evaziga “Fulxem”dan ustun keldi – 1:0.

29 yoshli ingliz “shporlar” safidagi umumiy gollarini 266 taga etkazib, klub to'purarlari ro'yxatida peshqadam bo'lgan Jimmi Grivzga etib oldi. Grivz 1961-1970 yillar davomida 266 ta to'p kiritgan.

Keyn 28 yanvar kuni Angliya Kubogi 1/16 finali doirasida “Preston”ga qarshi bahsda mutlaq rekordchiga aylanib olishi mumkin. U 2011 yildan beri londonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: