SportUz.Tv
iks
ads

"Nasaf" qishda kimlar kelgani va ketganini elon qildi

25.01.2023 16:46    


Rasmni yuklab olish

Yangi futbol mavsumi oldidan Qarshi jamoasi tarkibida o'zgarishlar yuz berdi.

O'tgan mavsumda jamoa tarkibida to'p tepgan rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov, himoyachi Dilshod Saitov, yarim himoyachi SHarof Muhitdinov "Nasaf"ni tark etdi. 

SHuningdek, yana bir yarim himoyachi Murodbek Rahmatov Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga ijaraga berildi.

Jamoani tark etgan futbolchilar o'rniga yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolanganidan xabaringiz bor. Xususan, o'tgan mavsum "Qo'qon-1912"da harakat qilgan Javohir Sidiqov,  Navoiyning "Qizilqum" klubida o'ynagan himoyachi SHuhrat Muhammadiev va Tojikiston milliy terma jamoasi azosi Muhammadjon Rahimov Qarshiga taklif etildi.

Eslatib o'tamiz, qarshiliklar xorijiy yig'inni o'tkazish uchun 27 yanvar kuni Turkiyaga uchib ketadi.

Avvalroq "Nasaf" 2023 yilda qaysi brend liboslaridan foydalanishi malum bo'lgan edi.

   




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: