SportUz.Tv
iks
ads

AQSH professional bokschilariga terma jamoa safida jang qilish imkonini berdi

23.10.2026 12:36    


Rasmni yuklab olish

USA Boxing professional bokschilarga milliy terma jamoa safidan joy olish uchun kurashish imkonini beruvchi yangi tizimni joriy qildi.

Qaror Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi oldidan AQSH terma jamoasini kuchaytirishga qaratilgan.

5–12 dekabr kunlari professional bokschilar uchun saralash turniri o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar 2027 yildan boshlab terma jamoa tarkibiga kirish va Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashish imkoniga ega bo'ladi.

Professional bokschilarning Olimpiya o'yinlarida qatnashishiga 2016 yildan beri ruxsat berilgan. Biroq USA Boxing shu paytgacha professional bokschilarni milliy terma jamoa tizimiga qo'shmagan edi. USA Boxing bayonotida tashkilotning asosiy maqsadi eng kuchli tarkibni shakllantirish ekani takidlangan.

«Bizning maqsadimiz — AQSHning imkon qadar kuchli terma jamoasini shakllantirish. Ushbu tizim belgilangan talablarga javob beradigan amerikalik bokschilarga, ular havaskor yoki professional bo'lishidan qati nazar, terma jamoadan joy olish uchun kurashish imkonini beradi», — deyiladi bayonotda.

Tashkilotga ko'ra, yangi tizim USA Boxing direktorlar kengashi, federaciya xodimlari va AQSH Olimpiya qo'mitasi bilan maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilgan.

Professional bokschilarning Olimpiya o'yinlarida qatnashishi yangi holat emas. 2016 yilgi Rio Olimpiadasida sobiq WBA va WBO o'rta vazn chempioni Hasan N’Dam N’Jikam hamda sobiq IBF eng engil vazn chempioni Amnat Ruenroeng ishtirok etgan.

So'nggi Olimpiadalarda esa bir qator bokschilar professional faoliyat bilan birga Olimpiya boksida ham qatnashgan. Jumladan, Parij-2024 o'yinlarida O'zbekiston vakillari Bahodir Jalolov va Hasanboy Do'smatov, shuningdek, qozog'istonlik Kamshibek Konkabaev professional janglar o'tkazib kelayotganiga qaramay, o'z terma jamoalari safida qatnashgan.

SHu bilan birga, WBC professional bokschilarning Olimpiadada qatnashishiga qarshi poziciyada qolmoqda. Tashkilot reytingining TOP-15 taligiga kirgan bokschilar uchun bunday ishtirok ikki yillik chetlatish bilan yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: