SportUz.Tv
iks
ads

CHarlz Jonson Ramazon Temirovning nokaut bo'lishini istashini aytdi

23.10.2026 14:00    


Rasmni yuklab olish

CHarlz Jonson Ramazon Temirov haqida keskin fikr bildirib, uning Kavana bilan jangda nokautga uchrashini istashini aytdi.

Jonson, shuningdek, jang sportlarida steroidlardan foydalangan sportchilarga nisbatan kamida ikki yillik chetlatish jazosi qo'llanishi kerak, degan fikrni bildirdi.

«Steroid bilan qo'lga tushgan bu firibgarga vatandoshlaridan boshqa hech kim etibor bermaydi», — dedi Jonson.

U Temirovning Kavanaga qarshi bo'lajak jangi haqida ham keskin gapirdi.

«Umid qilamanki, u qafasga chiqayotganida toshga qoqilib tushadi va Kavana uni nokaut qilib, uxlatib qo'yadi», — dedi u.

Jonsonning fikricha, aralash yakka kurash sportlarida ustunlikka erishish maqsadida taqiqlangan moddalardan qasddan foydalangan sportchilarga kamida ikki yillik taqiq qo'yilishi kerak.

«U o'sha kechada o'lib bo'lgandi, uni gong va taymer qutqarib qoldi. Hatto kardioni yaxshilaydigan steroid tasirida bo'la turib ham raundlar oralig'ida tik tura olmadi», — deydi Jonson.

Ramazon Temirov CHarlz Jonsonni 2024 yilda nokautga uchratgan edi. Hamyurtimiz ertaga angliyalik Loven Kavana bilan jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: