SportUz.Tv

Portugaliya Liga Kubogi. Finalda “Portu” hamda “Sporting” o'zaro to'qnash keldi va yangi chempion aniqlandi

29.01.2023 09:46    


Rasmni yuklab olish

Musobaqa 2007 yildan beri o'tkazib kelinadi va “Portu” o'z tarixida ilk bor unda chempionlikni qo'lga kiritdi.

Finalda “ajdarlar” 2:0 hisobida “Sporting”dan ustun kelib, bosh sovrin egasiga aylandi. Bungacha esa mazkur jamoa 4 bor (2010, 2013, 2019, 2020) finalga chiqib, ularning barchasida imkoniyatni boy bergan.

Musobaqaning amaldagi g'olibi esa “Sporting” edi. Eng ko'p titulni (7 ta) “Benfika” qo'lga kiritgan. Umuman Portugaliya Liga Kubogi 2007 yildan beri o'tkazib kelinadi.

"Sporting" – "Portu" 0:2 (0:1, 0:1)

"Magalyaynsh Pessoa"

Gollar: 0:1 – 10 Eushtakiu, 0:2 – 86 Markano.

"Sporting" – Adan, Porro, Koates (Sen-Jyust, 81), Mateus Reys, Inasiu, Nunu Santush (Issaxaku, 56), Ugarte (Artur, 84), Pedru Gonsalvesh, Morita (Tanlongo, 84), Paulinyu, Edvards (Trinkau, 81).

"Portu" – Klaudiu Ramush, Joau Mariu, Pepe (Fabiu Kardozu, 90), Markano, Vendell (Sanusi, 79), Uribe, Otavio, Eushtakiu (Bernardu Folya, 89), Taremi (Louder, 90), Pepe (Gonsalu Borjesh, 88), Galeno.

Ogohlantirishlar: Ugarte (32), Pepe (63), Paulinyu (63), Pedru Gonsalvesh (67), Vendell (67), Mateus Reys (90), Gonsalu Borjesh (90).

CHetlatish: Paulinyu (72).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: