SportUz.Tv

Xamzat CHimaev SHon Striklendga: "Bu harom!"

17.04.2026 09:09    


Rasmni yuklab olish

BAA sharafini himoya qilayotgan o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Xamzat CHimaev amerikalik sobiq chempion SHon Striklend bilan bo'ladigan jang haqidagi savollarga javob berdi.

— Muxlislar nima deyishayotganini aytaman: "Agar Xamzat SHonni sabmishenga olsa, bu erda qo'riqchilar ajratishi kerak bo'ladi". CHunki sen uni bu holatda qo'yib yubormaydiganga o'xshaysan. SHunday bo'lishi mumkinmi?

— Men odam o'ldirmoqchi emasman — bu harom (kuladi).

— Yani o'ldirmoqchi emasmisan?

— Yo'q, nima bo'pti, baribir uni o'ldirishga qo'yishmaydi. Ko'chada bo'lishi mumkindir, lekin qafasda bu sport", - dedi CHimaev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: