SportUz.Tv

Qozog'istonlik UFC jangchisi Nursulton bilan bir oqshomda jang o'tkazadi

17.04.2026 09:27    


Rasmni yuklab olish

27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkaziladigan UFC turnirining yana bir jangi elon qilindi.

UFC eng engil divizioni vakili Bekzat Almaxan braziliyalik Jan Macumotoga qarshi oktagonga chiqadi. Jang o'tkazilishi haqida vaziyatga yaqin bo'lgan manbalar xabar berdi.

28 yoshli Bekzat Almaxan UFC’da uchta jang o'tkazib, ikki mag'lubiyat va bir g'alaba qayd etgan. U rossiyalik Umar Nurmagomedov hamda Iliya Topuriyaning ukasi Aleksandr Topuriyaga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazgan, Bred Katonni esa nokautga uchratgan. 

26 yoshli Jan Macumoto ham so'nggi jangida Farid Basharatga alohida hakamlik qarori bilan imkoniyatni boy bergan. Ayni paytda Almaxan va Macumoto tashkilotning eng engil divizioni reytingida Top-15`talikka kirmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: