
Oqshomning asosiy jangida rossiyalik Movsar Evloev va britaniyalik Leron Merfi o'zaro oktagonda to'qnash kelgandi. Tomning o'z yurtidagi turnirda yo'qligi liga rahbariyati uni tadbirga taklif qilmagani bilan izohlanadi.
Bu haqda Aspinallning agenti Eddi Xirn Ariel Xelvaniga bergan intervyusida malum qildi.
"U umuman taklif qilinmaganidan juda hayron bo'ldi. Tom turnir kuni taxminan soat 18:00`da Dan Uaytdan xabar oldi: "Bugun kechqurun kelishni xohlaysanmi?" Tom esa arenadan besh soatlik yo'lda yashaydi, shuning uchun bu umuman variant emas edi. Bir tomondan esa, keling tan olaylik - bu kardda mashhur ismlar yo'q edi", - dedi Xirn.
Ayni paytda Tom Aspinall o'tgan yilning oktyabr oyida Siril Ganga qarshi jangda ko'zidan olgan jarohatini davolash bilan band.
