SportUz.Tv
iks
ads

"Real" "Liverpul" hujumchisi transferi bo'yicha taklif tayyorlamoqda

31.01.2023 17:23    


Rasmni yuklab olish

Mersisayd klubi futbolchisi Roberto Firmino Madridga yo'l olishi mumkin.

Madridning "Real" klubi qishki transfer oynasining so'nggi soatlarida "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoni sotib olishga urinib ko'rishi mumkin. 

Hozir "qirollik klubi" taklif formulasini ko'rib chiqmoqda.

Oldinroq "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoadan norozi va hozirgi ijrochilar to'plami bilan mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashni kafolatlay olmasligi haqida xabar berilgan edi.

31 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda APL bahslarida 13 ta o'yinda ishtirok etdi va 7 ta gol urib, 3 ta golga asistentlik qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: