SportUz.Tv
iks
ads

Klopp: "O'tgan yilgi 63 o'yin fevral oyida bahona bo'lmaydi"

05.02.2023 16:00    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLda "Vulverxempton"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Dastlabki 12 daqiqadagi o'yinga o'zimiz aybdormiz. Bu umuman bo'lmasligi kerak edi, ammo bo'ldi. Buni hazm qilish juda qiyin. Bizni tanqid qilishingiz, muhokama qilishingiz mumkin, chunki bunga loyiqsiz. Bunga hech qanaqasiga javob bera olmayman. CHunki sizlarning oldingizda ojizman.

O'yin yakunlarini hulosa qilish men uchun oson emas. Jamoada ishonch yo'q. To'pni yopish uchun, raqib va to'p o'rtasida tanamiz bo'lishi uchun, havodan kelayotgan to'pni qaytarish uchun ishonch kerakmasmi?

Nega havotirlanmasligim kerak. Bu erda o'tirib, barchasi joyida deb keta olmayman. Mendan o'tgan mavsumda jamoaning 63 o'yinda qatnashgani hozir tasir o'tkazmayaptimi deb so'rayapsiz. Agarda hozir mavsum boshi bo'lganida ham tushunsa bo'lardi. Ammo fevralda bu bahona bo'la olmaydi. Agarda mening taqvimimga ishonsak, hozir fevral oyi", - dedi Klopp.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: