SportUz.Tv

Qo'shnilar Neymardan norozi

11.02.2023 09:00    


Rasmni yuklab olish

Neymar muntazam ravishda uyida tadbirlar tashkil etadi.

Uning qo'shnilari esa bundan norozi bo'lishmoqda. O'tgan yakshanba kuni u uyida baland qo'shiqlarni qo'yib, 31 yoshga to'lganini nishonladi. 

Bazi qo'shnilar esa bundan darg'azab bo'lgan holda policiya ham chaqirishgan. Neymar qo'shiq ovozini pasaytirgan, ammo bu yordam bermagan. Oqshom 23:45 ga qadar davom etgani aytilmoqda. 

U yashaydigan Bujival shaharchasi meri Lyuk Vattel ham futbolchiga yaqin joyda istiqomat qiladi. Mer Neymarni qo'shnilarga qilayotgan munosabati sabab "hurmatsiz inson" deb atadi. 

Vattel shuningdek Liga 1 dagi g'alaba sharafiga Neymarning uyida tonggi 5 gacha nishonlangan bayramni ham esladi: "Biz uni jarimaga tortishimiz mumkin edi. Ammo bunday oylik oladigan odamni 135 evro jarimaga tupurib qo'yishi orqali biz nima ham qila olardik?".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: