SportUz.Tv

Benzema Messining ECHLdagi rekordini takrorladi

22.02.2023 11:00    


Rasmni yuklab olish

“Real” Evropa CHempionlar Ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan dramatik bahsda “Liverpul”dan 5:2 hisobida ustun keldi.

“Enfild”dagi bahsda dublga erishgan Karim Benzema 18 mavsumdan beri musobaqada to'p kiritib kelmoqda. U mazkur ko'rsatkich bo'yicha rekordchi bo'lgan Lionel Messining natijasini takrorladi. Ularning ikkisi ham 2005/06 yilgi mavsumdan buyon ECHLda gol urmoqda.

Eslatib o'tamiz, francuz bu mavsum musobaqadagi 5-uchrashuvida dastlabki ikki golini urdi, o'tgan mavsumda esa u 15 ta gol bilan to'purar bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: