SportUz.Tv

"Umuman muammo yo'q". Oliveyra Jastin Getjiga uchta kamar uchun jang taklif qildi

26.08.2026 09:45    


Rasmni yuklab olish

UFC`ning engil vazndagi sobiq chempioni, BMF kamari sohibi CHarlz Oliveyra tashkilotning engil vazn toifasida amaldagi chempioni Jastin Getjiga bir yo'la uchta titullik jang taklif qildi.

"Men aynan shuni aytdim: uning qochadigan joyi yo'q. SHuningdek, men ikkita kamar haqida gapirgan edim, internetda esa darhol: "Ikkita emas, uchta! Oq uy kamari, engil vazn tituli va BMF kamari", degan gaplar boshlandi. Xo'sh, unda keling, uchalasini ham o'rtaga tikamiz. Men uchun umuman muammo yo'q", — dedi Oliveyra Olhar da Luta YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Malumot uchun, Oliveyra va Getji 2022 yil UFC 274 turnirida to'qnash kelishgan. O'shanda braziliyalik sportchi birinchi raunddayoq sabmishen evaziga g'alaba qozongan, biroq keyinchalik vazn bilan bog'liq muammolar tufayli tituldan mahrum etilgandi. Getji esa iyun oyida UFC Freedom 250 turnirida Iliya Topuriyani mag'lub etib, engil vazn toifasida chempion bo'ldi. Oliveyra mart oyida UFC 326 turnirida Maks Xolloueyni mag'lub etib, BMF kamarini qo'lga kiritgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: