
Jumladan, o'sha turnir doirasida Entoni Ernandes ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, Gregori Rodriges tashkilotning o'rta vazn toifasi meta-reytingida uch pog'ona yuqorilab, o'ninchi pog'onadan ettinchi o'ringa ko'tarildi.
Oqshomning asosiy jangida braziliyalik raqibiga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan amerikalik Ernandes esa divizionning kuchli o'ntaligida ettinchi o'rindan to'qqizinchi pog'onaga tushib ketdi.
Turnirning ikkinchi muhim jangida Sergey Spivakni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan braziliyalik og'ir vaznli jangchi Vitor Petrino o'n birinchi pog'onadan sakkizinchi o'ringa ko'tarildi. Moldovalik Spivak esa Top-10`dagi o'rnini yo'qotib, to'qqizinchi o'rindan o'n uchinchi pog'onaga pastladi.
G'alabali seriyasini davom ettirgan niderlandiyalik Rene de Ridder yarim og'ir vazn toifasi Top-10`taligida debyut qildi. U Roman Dolidzeni texnik nokaut evaziga mag'lub etgani ortidan reytingning to'qqizinchi pog'onasiga joylashdi. Hamyurtimiz Bogdan Guskov afsuski, kuchli o'ntalikdagi o'rnini yo'qotdi, uni Azamat Murzakanov o'n birinchi pog'onaga surib chiqardi.
Turnir doirasida Lerriyan Duglasni texnik nokaut bilan mag'lub etgan amerikalik Jamall Emmers tashkilotning yarim engil vazn toifasi kuchli 15 taligiga kirib, reytingning o'n to'rtinchi pog'onasini egalladi. Jeyla CHavesni muddatidan oldin yutgan vatandoshi Karli Judis esa ayollar o'rtasidagi eng engil vazn toifasida 15-o'rinda debyut qildi.

SHavkat Rahmonov qanday holatda UFC chempionlik poygasiga qaytishi mumkinligi aytildi
"Aleks endi avvalgidek emas". Maxachev Volkanovski - Evloev jangiga taxmin bildirdi