
Final bellashuvida “dubl” qayd etgan Messi faoliyati davomida Ispaniya kubogi finalida 10-marta ishtirok etib, 9 ta gol urishga erishdi. U bu ko'rsatkich bo'yicha rekordchi – “Atletik” afsonasi Telmo Sarrani (8 gol) ortda qoldirdi.
Argentinalik futbolchi “Barsa” tarkibida faoliyatidagi 35-sovringa ega chiqdi. U kataloniyaliklar bilan 10 marta Ispaniya chempionligi, 7 marta Ispaniya kubogi va 8 marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.
Xalqaro maydonda esa Messi 4 marta CHempionlar ligasida, 3 bor Evropa Superkubogida va 3 marta klublar o'rtasidagi Jahon chempionligi g'olibligiga erishgan.
"Bundan xursand bo'laman". Dmitriy Bivol Beterbiev bilan trilogiyani kutayotganini aytdi
Magomed Ankalaev UFC unga qanday holatda chempionlik kamari uchun jang berishini aytdi
Masvidal UFC tashkil qilishi mumkin bo'lgan "eng shov-shuvli jang" qaysi ekanligini aytdi