SportUz.Tv

U-20 Osiyo Kubogi. Bugun O'zbekiston Avstraliyaga qarshi o'ynaydi, g'olib JCHga yo'l oladi

11.03.2023 08:46    


Rasmni yuklab olish

Osiyo Kubogi U-20 Osiyo kubogi 1/4 finali doirasida O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi va soat 19:00 da start oladi. Ushbu o'yin g'olibi yarim finalga yo'l olishi bilan birga, shu yil Indoneziyada o'tkaziladigan U-20 jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishi bilan ahamiyatlidir. 

Mazkur o'yinda O'zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchilari to'liq oq libosda, darvozabon esa to'q sariq libosda harakatlanadi. 

Bugun chorak final doirasida shuningdek Eron hamda Iroq U-20 terma jamoalari bahs olib borishadi. Mazkur bahs soat 15:00da "Jar" stadionida start oladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: