SportUz.Tv

Yaxshi xabar: WBA tashkiloti Bektemir Meliqo'zievning Xayme Mungiyaga qarshi chempionlik jangiga buyruq berdi!

22.09.2026 11:54    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

"Jahon boks associaciyasi (WBA) CHempionlik qo'mitasi super o'rta vazn toifasidagi WBA jahon chempioni, meksikalik Xayme Mungiya va majburiy davogar Bektemir Meliko'ziev o'rtasida chempionlik kamarini himoya qilish jangini o'tkazishni buyurdi.

Rasmiy qaror har ikki bokschining jamoalariga yuborildi. Tomonlarga jang bo'yicha kelishuvga erishish uchun 30 kunlik muzokara muddati berildi. Muzokaralar muddati 21 oktyabrga qadar davom etadi. WBA chempionlik qoidalarining C.10 bandiga muvofiq, Mungiya o'z chempionlik kamarini divizionning rasmiy majburiy davogari Bektemir Meliko'zievga qarshi himoya qilishi shart.

Mungiya super o'rta vazn toifasidagi WBA jahon chempionlik unvonini 2026 yil 2 may kuni Las-Vegasdagi T-Mobile Arena arenacida Xose Armando Resendisni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, qo'lga kiritgan. Uning majburiy himoya uchun belgilangan 120 kunlik muddati 30 avgust kuni yakunlangan. SHu bois u diviziondagi asosiy majburiy davogarga qarshi jang qilishi kerak.

Meliko'ziev mazkur vazn toifasida WBA reytingining 1-o'rinida bormoqda va chempionlik unvonining rasmiy majburiy davogari maqomiga ega.

WBA qoidalarining C.12-bandida janglar bo'yicha belgilangan cheklovlarga ko'ra, chempion majburiy himoya muddati tugashidan oldingi 60 kun davomida rasmiy majburiy davogardan boshqa bokschiga qarshi jang o'tkazishi mumkin emas.

Agar tomonlar belgilangan muzokara muddati davomida kelishuvga erisha olmasa yoki tomonlardan biri muzokaralar olib borishdan bosh tortsa, CHempionlik qo'mitasi WBA qoidalariga muvofiq jang uchun kimoshdi savdosini o'tkazishga qaror qilishi mumkin", deyiladi tashkilot xabarida.

Malumot uchun, 29 yoshli Xayme Mungiya faoliyati davomida 48 ta jang o'tkazib, 46 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yashar Bektemir Meliqo'ziev hisobida esa 17 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: