SportUz.Tv

PSJ mavsum oxirigacha sabr qilmoqchi

20.03.2023 15:46    


Rasmni yuklab olish

PSJ jamoa bosh murabbiyi Kristof Galte borasida mavsum yakuniga qadar qaror chiqarmoqchi emas.

Kecha parijliklar 2023 yildagi ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib olishdi – Galte jamoasi Parijda "Renn"ga imkoniyatni boy berdi (0:2). O'yindan keyin ECHLda "Bavariya"ga imkoniyat boy berilganda yomonlashgan vaziyatda, PSJ ustozining kursisi yanada kuchliroq qimirlab oqldi.

Biroq, L’Équipe"ning yozishicha, PSJ rahbariyatidagilar Galte borasida qarorni mavsum oxirida qabul qilish kerak deb hisoblamoqda. Klubdagilar shoshilinch qaror chiqarishni istamaydi. Biroq bu fakt PSJ Galtening ehtimoliy o'rinbosarlari ro'yxatini tuzib, ularni o'rganib chiqishiga halaqit qilmaydi.

Galtening mavsum o'rtasidagi istefosi PSJ o'tgan yozda hujumchi Kilian Mbappe atrofida qurishni boshlagan yangi loyihasining va sport ishlari bo'yicha direktor maslahatchisi Luish Kampushning omadsizlikka uchraganini tan olish bilan barobar bo'lardi, deb takidlanmoqda

PSJ Franciya chempionatida 7 ochko farq bilan etakchilik qilmoqda. Keyingi o'yinini jamoa 2 aprel kuni "Lion"ga qarshi o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: