
Unga ko'ra, Italiya futbol federaciyasi “Tigre” forvardi Mateo Retegini mahallishtirganidan keyin yana 10 argentinalik futbolchiga o'z fuqaroligini bermoqchi. Asosiy nomzod sifatida “RB Zalcburg” xavbeki Nikolas Kapaldoning nomi tilga olinmoqda.
SHuningdek, ro'yxatdagilar ichida himoyachi Nikolas Valentini (“Boka Xuniors”), yarim himoyachilar Ignasio Puch (“Atletiko Tukuman”), Tomas Pocco (“Independente”), Jino Infantino (“Rosario Sentral”), Xuan Sforca va Xusto Jani (ikkisi – “Nyuells Old Boyz”), Janluka Prestianni (“Veles Sarsfild”), hujumchilar Pedro de la Vega (“Lanus”), Lukas Beltran (“River Pleyt”)ning nomlari bor.

"Garri bilan jang Islam faoliyatidagi eng og'ir janglardan biri bo'ldi" - Maxachevning murabbiyi
"Nega u ikki kamarni ushlab turibdi?" Xollouey UFC 330'dan keyin Maxachevga "tosh otdi"