
28 avgust kuni Astona shahrida Xalqaro boks kuniga bag'ishlangan IBA Nomad turniri bo'lib o'tadi. Unda Tashkenbay filippinlik Nil Xakamosga qarshi jang qiladi. Jang g'olibi birinchi eng engil vaznda IBF Asia chempioni unvonini qo'lga kiritadi.
"Men uchun birinchi jangimning o'zida chempionlik kamari uchun kurashish katta imkoniyat. Bu imkoniyat berilganidan juda xursandman. Raqibim kuchsiz bokschi emas. Uning zarbalari juda kuchli va professional boksda tajribasi ham bor.
Alloh nasib qilsa, jangni faol olib borishga, oxirigacha kurashishga va ringni raqibga berib qo'ymaslikka harakat qilaman. Raqibimning kuchli ekani men uchun hatto yaxshi. O'ylaymanki, ikkimiz muxlislarga qiziqarli va tomoshabop jang taqdim etamiz.
Hozir yaxshi sport formasidaman va bo'lajak jangga to'liq tayyorman. Professional boksda o'zimni sinab ko'rishni xohlagandim. Keyingi rejalar haqida hozircha aniq gap yo'q.
Asosiy maqsadim — o'z vaznimning qiroliga aylanish. SHuningdek, kuni kelib Naoya Inoue bilan bir ringda jang qilishni istayman. U menga eng yoqadigan bokschilardan biri", — dedi Tashkenbay.
"Aleks endi avvalgidek emas". Maxachev Volkanovski - Evloev jangiga taxmin bildirdi
Muhiddin Mamajonov Amirxon Alixo'jaevni nokautga uchratgan jangchi bilan to'qnash keladi! (POSTER)
Merab Dvalishvili: "Men barcha dog'istonliklarni hurmat qilaman, faqat bir kishidan tashqari"
Rasman! Furqatbek Yoqubov Mangu Ligasining ilk chempionlik kamari uchun jang qiladi (POSTER)