SportUz.Tv

"Aleks endi avvalgidek emas". Maxachev Volkanovski - Evloev jangiga taxmin bildirdi

25.08.2026 17:06    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Islam Maxachevning fikricha, Movsar Evloev yarim engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun bo'lajak jangda Aleksandr Volkanovski ustidan g'alaba qozonadi.

"Movsar bu jang oson bo'lmasligini yaxshi biladi. Volkanovski har qanday jangchi uchun juda qiyin raqib. Ammo menimcha, Movsar yoshligi hisobiga g'alaba qozonadi. Volkanovski bir necha yil avvalgi kabi o'z faoliyatining cho'qqisida emas, garchi hozir ham dunyodagi eng yaxshi jangchilardan biri bo'lib qolsa-da. Menimcha, juda raqobatli jang bo'ladi. Umid qilamanki, Movsar o'z ishini bajaradi", — dedi Maxachev.

Volkanovski va Evloev o'rtasidagi chempionlik jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabida, UFC 333 turniri doirasida o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: