SportUz.Tv

Xames faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

30.03.2023 16:46    


Rasmni yuklab olish

"Beshiktosh" "Olimpiakos" yarim himoyachisi Xames Rodrigesni qo'lga kiritish uchun harakatni boshladi.

31 yoshli kolumbiyalik futbolchining Greciya klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. "Fotomac" nashrining xabar berishicha, "Beshiktosh" allaqachon futbolchi bilan ehtimoliy transfer borasida bog'langan.

Xames joriy mavsum "Olimpiakos" safida 21 ta o'yinda qatnashib, 5 ta to'p kiritdi va 6 ta golga pas uzatdi. U o'tgan yilning yozidan beri shu jamoada o'ynamoqda. Yarim himoyachi avvalroq "Al Rayyan", "Everton", "Real", "Bavariya", "Monako" va "Portu" klublarida to'p tepgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: