SportUz.Tv

"Atletiko" Moratani o'zida saqlab qolmoqchi

04.04.2023 18:23    


Rasmni yuklab olish

Madrid klubi hujumchi Alvaro Moratani "Vanda Metropolitano"da olib qolishni niyat qilgan.

30 yoshli futbolchi ushbu mavsumda poytaxt klubi rahbariyatini o'zining maydonda ko'rsatgan yaxshi o'yini va mashg'ulotlardagi holati bilan mamnun qildi. 

Hech qanday kelishuvda uning maoshi orttirilishi ko'zda tutilmagan. Buning o'rniga ispan klubi 2024 yilning yozida yakun topadigan amaldagi shartnomasi shartlari asosida uni uzaytirish haqida o'ylamoqda.

Morata ushbu mavsum jami 36 ta o'yinda harakatlandi va o'z hisobiga 12 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo'ydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: