SportUz.Tv

Mbappe PSJning Franciya chempionatidagi eng yaxshi to'purariga aylandi

16.04.2023 17:00    


Rasmni yuklab olish

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Franciya chempionatining 31-turidan o'rin olgan “Lans”ga qarshi bahsda (3:1) 31-daqiqada hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.

“Lans” darvozasiga urilgan gol Mbappe uchun PSJ tarkibida Franciya chempionatidagi 139-gol bo'ldi. SHu tariqa, Kilian milliy chempionatda gol urish bo'yicha PSJ rekordini yangiladi. Unga qadar rekord 138 ta gol bilan Edison Kavaniga tegishli edi.

Umumiy hisobda, 24 yoshli Franciyalik futbolchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 35 o'yinda 31 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: