SportUz.Tv

"Arsenal" APLdagi ketma-ket ikkinchi o'yinda ikki to'p farqini ushlab qola olmadi. Bunaqasi klub tarixida birinchi marta

17.04.2023 09:00    


Rasmni yuklab olish

Londonliklar chempionlik poygasida borgan sari sustlashmoqdalar.

"Arsenal" APL 31-turida "Vest Xem"ni (2:2) mag'lubiyatga uchrata olmadi. Londonliklar dastlab ikkita gol urishgan bo'lsa ham, yakunda ushbu ustunlikni boy berib qo'yishdi. O'tgan o'yinda ham "Liverpul" darvozasiga ikkita gol urib olgan "Arsenal" yakunda g'alabani qo'ldan chiqardi. SHunday qilib, klub APLdagi ketma-ket ikkinchi uchrashuvda 2 to'p farqini ushlab qola olmayapti. Bunaqasi "Arsenal" tarixida birinchi marta bo'lishi. 

Malumot uchun, hozirda "Manchester Siti" va "Arsenal" o'rtasida to'rt ochko farq bor. Biroq, "Man Siti" bitta kam o'yin o'tkazgan va tez orada ikki klub o'zaro to'qnash kelishadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: